Rossiya parlamenti AQSh bilan qurollanish bo'yicha tuzilgan shartnoma muddatining uzaytirilishini ma'qulladi

0

O'tgan haftada AQShning yangi prezidenti Jo Bayden Rossiya bilan qurollanish bo'yicha tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirmoqchi ekanini ma'lum qilgandi. Ushbu shartnoma “Yangi START” deb nomlanib, uning muddati fevral oyida tugashi kerak edi.

27 yanvar chorshanba kuni Rossiya parlamentining quyi palatasi AQSh bilan kelasi hafta yakunlanadigan asosiy yadroviy bitim “Yangi START”ni besh yilga uzaytirish to'g'risidagi bitimni ratifikatsiya qilishga bir ovozdan ma'qulladi.

Quyi palatadagi 399 nafar deputatning barchasi mazkur kelishuvni uzaytirishni yoqlab ovoz berdi, hech qaysi deputat unga qarshi ovoz bermagan yoki betaraf qolmagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQShning yangi prezidenti Jo Bayden seshanba kuni kechqurun ilk bor telefon orqali suhbat  qildilar. Deputatlar shundan keyin qurollanish bo'yicha shartnomani ma'qullashdi.