650 million so'mga sotilgan 30 Z 777 ZZ avtoraqami qayta auksionga qo'yildi

0

650 million so'mga sotilgan «Z 777 ZZ» avtoraqami qayta auksionga qo'yildi. Raqam nima uchun qayta sotuvga qo'yilgani, raqamni sotib olgan shaxs haqidagi ma'lumotlar ochiqlanmagan.

Avtoraqamga quyilgan dastlabki narx 111500000 so'mni tashkil etmoqda. Auksion bugun, 29 yanvar kuni soat 15.06 da boshlangan.

Auksionning yakunlanish vaqti sifatida 5 fevral sanasi belgilangan.

darakchi.uz

loading...