AQShda haydovchisiz avtobus namoyish etildi.

0

AQShdagi New Flyer kompaniyasi o'zining Xcelsior AV avtomatlashgan avtobusini namoyish etdi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Avtobusning uzunligi 12,5 metrga yaqin. Unga 40 nafar yo'lovchi sig'adi, bundan tashqari, tik turib ketuvchi yo'lovchilar hamda ikkita nogironlar aravachasi uchun qo'shimcha joy bor.

Ishlab chiqaruvchilarning so'zlariga ko'ra, avtobus ma'lum bir hududda o'zi harakatlana oladi.

AutoDrive texnologiyasi atrofdagi piyodalar, boshqa transport vositalari va to'siqlarni aniqlash imkonini beradi.

Avtobus Robotic Research tomonidan patentlashtirilgan o'zini o'zi boshqaruv texnologiyasidan foydalanadi. Xcelsior boshqa aqlli transport vositalari hamda aqlli infrastruktura, masalan, svetoforlar bilan ma'lumot almasha oladi.

New Flyer Konnektikut transport vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan dastur doirasida Xcelsior Yangi Britaniya va Hartford o'rtasida yo'lovchi tashimoqda.

loading...