Jeenbekov sud majlisiga chaqirildi. U bir kun avval Qirg'izistonni tark etgandi

0

Qirg'izistonning sobiq prezidenti Sooranbay Jeenbekov sobiq bosh vazir o'rinbosari Duyshenbek Zilaliyev ishi bo'yicha guvoh sifatida sud majlisiga chaqirildi.

Jeenbekov bugun soat 13.00 ga qadar sudga kelishi kerak bo'lgan. Ammo Jeenbekov 2 fevral kuni  Haj amalini bajarish uchun Istanbul orqali Saudiya Arabistoniga uchib ketgan.

Zilaliyev 2018 yilda boyliklarni noqonuniy o'zlashtirishda gumon qilinib, hibsga olingandi. 2011 yildan 2017 yilgacha turli davlat idoralarida rahbar lavozimlarida ishlagan.

2020 yil oktyabr oyida sud Zilaliyevni to'qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.