Kredit do'konidan telefonlarni o'g'irlagan shaxslar aniqlandi

0

Toshkent shahri. 2021 yil 27 yanvar kuni soat 03:00 larda, noma'lum shaxslar o'zaro jinoiy til biriktirib, o'zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani “Dexqon bozori” oldiga kelib, ushbu yerda joylashgan “Credit Express Electronics” MChJga qarashli maishiy texnika do'konining narxi 3.000.000 so'mlik kirish eshigini noma'lum jism yordamida sindirib, ushbu do'kon ichiga g'ayriqonuniy ravishda kirib, do'kon ichida bo'lgan fuqaro 31 yoshli Sanjar T., ga tegishli turli rusumdagi 14 dona uyali telefon apparati va “Amazfit” rusumli bir dona qo'l soatini g'ayriqonuniy ravishda o'g'irlab, Sanjar T.,ga jami 58.588.000 so'm miqdorida moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashirinishgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 39 yoshli Umid A., 18 yoshli Azizbek A., 28 yoshli Sherzod R., va 22 yoshli Azamat N.,lar sodir qilganliklari aniqlanib, mazkur do'konda o'g'irlangan texnika vositalarining qismi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Umid A., va uning jinoiy sheriklariga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “B”, “v”, “G” bandlari (o'g'rilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib bo'lib hozirda gumon qilinuvchi shaxslar protsessual tartibda ushlanib, qolgan texnika vositalarini qaerda va kimga sotganliklari aniqlanmoqda.Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.