Bektemir Meliqo'ziyev amerikalik bokschiga qarshi jang o'tkazadi

0

Professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan o'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'ziyev 13 fevralda AQShda amerikalik Morgan Fitchga qarshi jang o'tkazadi. Bu haqda uning menejeri Vadim Kornilov ma'lum qildi.

Hamyurtimiz 30 yanvarda rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Biroq jang Kovalyovning doping-namunasida taqiqlangan modda aniqlangani sababli bekor qilingandi.

Meliqo'ziyev va Fitch o'rtasidagi jang 8 raunddan iborat bo'ladi va Golden Boy Promotions tashkillashtiradigan boks kechasi doirasida bo'lib o'tadi.

24 yoshli Bektemir professional boksdagi faoliyatini 2019 yil iyundan boshlagan va shu kungacha 6ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. U oxirgi jangini 2020 yil oktyabrda meksikalik Alan Kampaga qarshi o'tkazib, 2-o'rta vaznda WBO Inter-Continental chempionlik kamarini qo'lga kiritgan.

Meliqo'ziyevning bo'lg'usi raqibi Morgan Fitch 37 yoshda bo'lib, o'z faoliyatida 24 ta jang o'tkazib, 19ta g'alaba, 4ta mag'lubiyat va bitta durang natija qayd qilgan.

loading...