Qo'qonda “Jentra”ni ochib, salonini titkilayotgan shaxs jinoyat ustida qo'lga olindi

0

2021 yil 1 fevral kuni fuqaro J.Sh. soat 09:00 larda Turon ko'chasida joylashgan savdo do'koni oldida qarovsiz qoldirilgan fuqaro M.D.ga tegishli “Gentra” rusumli  avtomashinasini ochib, avtomashina salonini titkilayotgan vaqtida jabrlanuvchi tomonidan hodisa joyida ushlangan. Bu haqda Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Qo'qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 1-qismi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, unga ularga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

loading...