Yangi pandemiya – Nipah virusining 11 alomati

0

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti Nipah yoki NiV virusi sabab bo'lishi mumkin bo'lgan pandemiya ehtimolini istisno etmaydi.

Al-Jazira telekanali Nipah bilan bog'liq bir qator savollarga javob berarkan, infeksiyaning alomatlarini sanab o'tdi.

Alomatlar

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, Nipah virusiga chalinganda bemorlarda quyidagi belgilar namoyon bo'ladi:

1. Isitma;

2. Bosh og'rig'i;

3. Mushaklardagi og'riq;

4. Ko'ngil aynishi;

5. Tomoq og'rig'i;

6. Bosh aylanishi;

7. Uyquchanlik;

8. Kognitiv buzilish;

9. O'tkir ensefalitni ko'rsatadigan nevrologik belgilar;

10. Og'ir nafas olish, shu jumladan o'tkir nafas yetishmasligi;

11. Og'ir holatlarda bemor 24-48 soat ichida komaga tushib qoladi.

Infeksiyadan simptomlar paydo bo'lishigacha bo'lgan vaqt 4 dan 14 kungachadir.

loading...