Suriyadan Qozog'iston fuqarolarini qaytarish bo'yicha operatsiya o'tkazildi

0

Qozog'iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo'mitasi Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda AQSh va boshqa xalqaro sheriklar ko'magida Suriyadan Qozog'iston fuqarolarining bir guruhini qaytarish bo'yicha operatsiya o'tkazdi. Bu haqda Qozog'iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Guruh tarkibida 4 erkak, 1 ayol va 7 bola, shu jumladan 2 ta yetim bola bor. Milliy qonunchilikka va xalqaro majburiyatlarga muvofiq terroristik faoliyatga aloqador shaxslar javobgarlikka tortiladi. Yetim bolalar yaqin qarindoshlarining qaramog'iga o'tkaziladi va ularga davlat tomonidan barcha zarur yordam ko'rsatiladi. Ayol va bolalar reabilitatsiya markazlariga jo'natiladi.

 

Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev tomonidan sanksiyalangan terroristik faoliyat zonalaridan fuqarolarni qaytarish bo'yicha operatsiya birinchi prezident Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan boshlangan «Jusan» operatsiyasining davomi bo'ldi.

loading...