Saida Mirziyoyeva lag'monni tuzsiz pishirgani haqida gapirib berdi (+foto)

0

Kecha farzandlarim bilan lag'mon pishirdik va bu taom bilan bog'liq bir voqea esimga tushdi. Farzandlarimga aytib berdim, bu yerda siz bilan ham bo'lishmoqchiman.

Turmushga chiqishdan oldin ovqat qilish uncha qo'limdan kelmas edi. Faqat bitta ovqat — cho'zma lag'monni pishirishni bilardim desa ham bo'ladi.
Bolaligimdan bu ovqatni juda yaxshi ko'raman. Uni tayyorlashning qiyin tomoni — xamirni ingichka qilib cho'zganda u uzilib ketmasligi kerak. Onam shunday o'rgatganlar. Ancha harakat qilib, oxiri eplab ketganman.

Shunday qilib, yangi oilada, yangi kelin sifatida yaqinlarimga mahoratimni namoyish etishga qaror qildim. Uyalib qolmaslik uchun onamdan lag'monning batafsil reseptini so'rab oldim. Onam masalliqlarning aniq ro'yxatini yozdirdilar. Faqat bitta narsa — tuzni aytish xayollariga kelmabdi)

Shunday qilib, ko'rinishi ishtahaochar lag'monim pishdi. Mazasi esa…tuzsiz tasavvur qilavering😀

Oila a'zolarimiz o'ta xushmuomala bo'lganlari uchunmi, lag'monni maqtab-maqtab besh daqiqada paqqos tushirishdi. Tuzdon talash bo'lgani esa… hayotda shunaqasiyam bo'lib turadi))

https://t.me/SShMirziyoyeva

loading...