O'g'li Muhammad Sodiq bo'lgandan keyin, otasi Muhammad Yusuf bo'lishi kerak-da…(Shayx hazratlaridan juda chiroyli javob)

0

-Bir kishi o'g'lini Shayx hazratlariga o'xshasin, olim bo'lsin, zokir va ziyrak bo'lsin, deb ismini Muhammad Sodiq deb qo'ygan ekan. Lekin afsuski buning aksi bo'lib chiqqan – Bolakayning ismi Muhammad Sodiq bo'lsada, xulqi yomon, betarbiya va juda sho'x bola bo'lib o'sdi. Bir kuni yaxshi niyatli ota Shayx hazratlari bilan bir marosimda uchrashib qolib, ichidagi savolini yo'llaydi:“Sizga o'xshasin deb o'g'limning ismini Muhammad Sodiq qo'ygandim, lekin aksi bo'ldi, sizga o'xshamadi. Sababini topa olmayapman…“
Shayx hazratlarining javobi chiroyli bo'ldi:“O'g'li Muhammad Sodiq bo'lgandan keyin, otasi Muhammad Yusuf bo'lishi kerak-da…» degan ekanlar…