Yashasin Surxondaryoning qonunbuzar hokimi, prokurori, IIBsi va sudi!

0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev bloger Otabek Sattoriy bilan bo'lgan sud jarayonidan norozi ekanligini ma'lum qildi.
“Bloger, faol fuqaro Otabek Sattoriyga nisbatan ehtiyot chorasi qo'llash maqsadidagi sud majlisi YoPIQ o'tkazilgan va hech bir ikkilanishsiz jamoatchilik faoliga nisbatan sud tomonidan “qamoq” ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Yashasin Surxondaryoning qonunbuzar hokimi, prokurori, IIBsi va sudi! Bu dunyo qaytar dunyo…
Bosh prokuraturadan sun'iy uyushtirilayotgan jinoyat ishining barcha ishtirokchilariga nisbatan ochiq oshkora, jamoatchilikni xabardor qilgan holda xolis tekshiruv o'tkazilishini talab qilamiz!”, – deb yozadi Kusherbayev.