29 ming AQSh dollarini O'zbekistondan yashirincha olib chiqib ketayotgan fuqaro qo'lga tushdi

0

Naqd xorijiy valyutalarni yurtimizdan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Respublikamiz bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o'tilishiga doir navbatdagi holat o'z vaqtida fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qshmitasi xabar qilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti orqali qo'shni davlatga o'tish uchun kirib kelgan fuqaro Q.I. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli avtotransport vositasi o'rnatilgan tartibda bojxona ko'rigidan o'tkazildi.

Tekshiruv davomida avtomashinaning kabina qismidagi ovoz moslamalari orqasida yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko'rsatilmagan va og'zaki so'rovda ma'lum qilinmagan 29 ming AQSh dollari qiymatidagi naqd xorijiy valyutalar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

loading...