COVID : Dunyodagi barcha virus zarralari bitta kola idishiga sig'adi

0

Britaniyalik matematik hisob-kitobiga ko'ra, hozirgi kunda dunyoda tarqalgan COVID-19 ni keltirib chiqaradigan barcha viruslarni yig'sa, ular bitta kola idishi ichiga osonlikcha siqqan bo'lardi. Bu inson ko'zi ilg'amas mitti zarralar dunyoga qanchalik katta talofat yetkazishi mumkinligini ko'rsatmoqda.

Van universiteti matematigi Kit Yeyts hozirgi kunda dunyoda koronavirusning tarqalish tezligini va uning massasini hisoblab chiqib, ayni paytda jahonda ikki kvintilion (1 dan keyin 18 ta nol yoziladigan raqam)miqdorida koronavirus zarrasi borligini aytdi.

Eytsning so'zlariga ko'ra, u COVID-19 diametrini o'rtacha 100 nanometrda yoki metrning 100 milliarddan bir qismida o'lchagan va sharsimon virus hajmini aniqlagan.

“So'nggi bir yil ichida yuzaga kelgan barcha muammolar,qiyinchiliklar va odamlarning qurbon bo'lishiga shu juda oz miqdordagi zarralar sabab bo'lishi mumkin, deb o'ylash hayratlanarli. Barcha virusni yig'sa, 330 millilitrlik kola idishiga siqqan bo'lardi” deydi Yeyts o'z maqolasida.

Jon Hopkins universiteti statistikasiga ko'ra, hozirgacha butun dunyo bo'ylab 107 millionga yaqin odam koronavirusga chalingan va ularning 2.34 milliontasi vafot etgan.

loading...