Lukashenko Putindan 3 milliard dollar so'ramoqchi

0

Fevral oyi oxiriga kelib Belorussiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Sochiga keladi. Muhokama mavzularidan biri Minsk uchun 3 milliard dollar miqdorida yangi kredit berish bo'ladi.

Xabarlarga ko'ra, muzokaralar 22 yoki 25 fevralda Sochida bo'lib o'tishi mumkin.

Qayd etilishicha, Minsk Belorussiya atom elektr stansiyasini qurish uchun Moskva tomonidan ajratilgan mablag'larning qolgan qismini olmoqchi. Gap 3 milliard dollardan oshadigan mablag' haqida ketmoqda.

Ta'kidlanishicha, tomonlar «mablag 'ajratish bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin turishibdi. Hozirda foizlar, vaqt va miqdor muhokama qilinmoqda. Kredit bo'yicha yakuniy qaror ikki prezidentning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvi vaqtida qabul qilinishi mumkin.

«Kommersant»

loading...