Hindistonda bir nechta itlarga koronavirusga chalinganlarni qidirish o'rgatildi

0

Hindiston armiyasi ikki itga koronavirusga chalingan odamlarni qidirishni o'rgatdi.

“Koronavirusga chalingan odamlarni itlar yordamida qidirish real vaqtda kasallikni tezkor aniqlashda yordam berishi mumkin” deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, tajribalarda ishtirok etgan hayvonlar bemorlarning peshob hamda ter namunalari bilan ishlashga o'rgatilgan. Itlardagi sezuvchanlik juda yuqori natijani ko'rsatgan.

Izlanishlardan so'ng hayvonlar Dehlida joylashgan tranzit lageriga jo'natilgan va u yerda uch ming kishi orasidan 18 ta koronavirusga chalinganlarni topishgan.

RIA Novosti

 

loading...