Navoiyda veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda olib ketilayotgan go'sht mahsulotlari aniqlandi

0

Joriy yilning 13 fevral kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yo'nalishi bo'ylab harakatlanib kelayotgan Buxoro viloyati, G'ijduvon tumanida 1983 y.t. R.P. boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtotransport vositasi Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi xodimlari tomonidan to'xtatib tekshirilganda, avtomobil saloni va yukxonasida 15 bosh qo'y go'shtlarini Toshkent shahriga sotish maqsadida veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda  olib ketilayotganligi aniqlanib, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimi tomonidan fuqaro R.P. ga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan (veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish) ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

Eslatib o'tamiz, go'sht va go'sht mahsulotlarini tashish uchun mo'ljallangan transportning poli va idishlar silliq, tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay bo'lishi, mahsulot sifati va iste'molchilar salomatligiga ta'sir ko'rsatmaydigan materiallardan yasalgan bo'lishi kerak. Barcha toifadagi hayvonlar so'yilganidan so'ng ularning go'shti va boshqa mahsulotlarini veterinar ekspertizadan o'tkazilishi shart.

IIV PPX va JTSBB

loading...