Yaponiya kompaniyalarining yarmidan ko'pi 2021 yilgi Olimpiada o'yinlariga qarshi ekanini bildirdi

0

Yaponiya kompaniyalarining 56 foizi 2021 yil Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlariga qarshi chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters 15 fevral, dushanba kuni Tokyo Shoko Research tadqiqot kompaniyasi ma'lumotlariga asoslanib.

Qayd etilishicha, 1—8 fevral kunlari o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, Yaponiya kompaniyalarining 56 foizi koronavirus tarqalish xavfi tufayli 2021 yil Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining keyinga qoldirilishini yoki bekor qilinishini xohlaydi.

Ta'kidlanishicha, 2020 yil avgust oyidagi so'rov natijalariga nisbatan norozilar soni 3 foizga ko'paygan.

So'rovda qatnashgan kompaniyalarning atigi 7,7 foizi Olimpiadaning to'liq o'tkazilishini yoqlagan. 2020 yili ushbu pozitsiyadagi kompaniyalar 22,5 foizni tashkil etgan.

Ishtirokchilarning 20 foizi ​​Olimpiadada tomoshabinlar sonini cheklash tarafdori, umuman tomoshabinlarsiz o'tkazilishini yoqlaganlar 17 foizni tashkil qilgan. Yaponiya kompaniyalarining 70 foizidan ko'prog'i Olimpiadani bekor qilish yoki kechiktirish ularning daromadlariga ta'sir qilishi ehtimoldan yiroq emasligini ta'kidladi. Bundan tashqari, Xalqaro Olimpiada prezidenti o'yinlar tomoshabinlarsiz o'tkazilishini xohlamayapti.

loading...