Italiyada 45 kishi mafiyaga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi

0

Italiyada huquq-tartibot xodimlari tomonidan o'tkazilgan ikkita maxsus operatsiya davomida mamlakatdagi eng qudratli Ndrangeta mafiyasining jami 45 nafar a'zosi hibsga olindi.

Datlabki maxsus operatsiyada 28 nafar odam, ikkinchi tadbirda esa yana 17 kishi hibsga olingan.

Qo'lga olingan gumonlanuvchilar firibgarlik, tovlamachilik va iqtisodiy jinoyatlarni, xususan, «pul yuvish» operatsiyalarini amalga oshirganligi taxmin qilinmoqda. Jinoiy ish ishtirokchilariga aylangan mazkur shaxslardan jami 6 million yevro olib qo'yilgan.

Shuningdek, Italiyada Ndrangeta mafiyasining jinoyatlariga qarshi tergov jarayoni uch yil avval boshlangan.

Avval Italiyada mafiya vakillariga tegishli bo'lgan 124 million yevroga teng mol-mulk musodara qilingani haqida xabar berilgan. Yanvarda mafiyaga aloqadorlikda gumon qilingan 48 nafar kishi hibsga olingan. Tezkor operatsiyada 200 nafar huquq-tartibot organlarining xodimlari ishtirok etgan va tadbirga vertolyot ham jalb etilgandi.

Undan avval Sitsiliyada mafiyaga aloqador 20 nafar gumonlanuvchi qo'lga tushirilgan.

ansa.it

loading...