Namanganda 2 grammga yetmas og'uni pullayotgan shaxs endilikda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

0

 

Sud kimyoviy ekspertizada fuqaro Muhtorjon M.,dan olingan o'tkir hidli modda “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlanib, sof og'irligi 1.96 grammligi ko'rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Muhtorjon M.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Ta'kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko'ra, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati.

loading...