«Ishdagi ishq» badiiy filmida Novoselsov obrazini yaratgan aktyor vafot etdi

0

Sovet va rus aktyori Andrey Myagkov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Moskva badiiy teatri matbuot xizmatiga tayanib RIA Novost xabar berdi.

Teatr va kino aktyori, rejissyor, RSFSR xalq artisti Andrey Vasilevich Myagkov 1938 yil 8 iyulda Sankt-Peterburgda tug'ilgan. U Kimyo texnologiya institutini tugatgan, Undagi talantni havaskorlik chiqishlaridan birida Moskva badiiy teatr maktabining o'qituvchisi sezib qoladi. Shu tariqa rollarini sevib tomosha qiladigan aktyorimiz san'at dargohiga kirib kelgan.

Ko'pchilik o'zbek kino ixlosmandlari uni har Yangi yil oqshomida ekranlarda namoyish etiladigan «Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo'ling»  filmidagi Jenya  va  «Ishdagi ishq» badiiy filmidagi Novoselsov obrazi orqali yaxshi taniydi.

 

loading...