Apple naushnik ishlab chiqarishda shishadan foydalanishni rejalashtirmoqda

0

Apple kompaniyasi yangi AirPods naushniklarini ishlab chiqarishda shishadan foydalanishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Appleinsider jurnalistlari AQSh Tovar belgilari va patentlar idorasining (USPTO) bazasida paydo bo'lgan hujjatga e'tibor qaratgan. Unga ko'ra, Apple shishadan ishlangan to'liq o'lchamli naushniklar loyihasini patentlashni taklif etmoqda. Ixtiroga berilgan izohda ta'kidlanishicha, naushniklar qurilma sifatida kamida yuz yildan buyon mavjud va ularning shakli o'zgarishsiz qolmoqda. «Naushniklar konstruksiyasi va texnik tavsifini o'zgartirishga ehtiyoj bor», — deya ta'kidlaydi kompaniya vakili.

Kompaniya muhandislari shisha ko'rinishidagi naushniklardan foydalanishni taklif etib, shisha tirnalishlarga plastik yoki metallga qaraganda bardoshli ekanligini qayd etmoqda. «Shuningdek, shisha estetik nuqtai nazardan polikarbonatga qaraganda ancha jozibador», — deyiladi arizada. Amerika kompaniyasining patenti USPTO bazasida 16 fevral kuni ro'yxatdan o'tkazilgan.

Patent arizasini o'rganib chiqqan jurnalistlarning ta'kidlashicha, hujjatda shisha garnituraning akustik xususiyatini yaxshilashi mumkinligi to'g'risidagi fakt keltirilmagan. «Shisha ma'lum tovushlarni bloklashi va ayrim chastotalarni o'tkazib yuborishi mumkin», — deya aniqlik kiritadi mualliflar.

Apple gadjetlar bozorida audiotexnika ishlab chiqarishda shishadan foydalangan birinchi kompaniyaga aylanmaydi. Xususan, Sennheiser kompaniyasi anchadan buyon o'zining HD 820 naushniklarida shishadan foydalanib keladi.

loading...