Bu ishtahaochar taomni, albatta, tayyorlab ko'ring.

0

Qiyma va pishloq bilan to'ldirilgan piyozli taom resepti

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:

piyoz — 8 dona;
o'simlik yog'i —100 g;
sarimsoq — 2 bo'lak;
qiyma — 200 g;
non tolqoni — 70 g;
pishloq — 100 g;
quritilgan jambil — 1 choy qoshiq;
tuz;
murch;
ko'katlar.
Tayyorlanish jarayoni:

Piyozni yuvib, qog'oz sochiqqa artib quriting. Piyoz tik turishi uchun pastki qismidan, qopqoq bo'lishi uchun yuqorisidan kesing;
Piyozlarni folga qog'oziga o'rab, 180 darajali pechda 50—60 daqiqa pishiring. Keyin pechdan olib, soviting;
O'rta olovda qizigan yog'da maydalangan sarimsoqni qovuring, unga qiymani ham solib, 2—3 daqiqaga dimlang;
Pishgan piyozlarning o'rtasidan bir nechta qavatlarni olib tashlang;
Olib tashlangan piyoz qismini maydalab qiymaga qo'shing va tuz, murch, non tolqoni, jambil, ko'kat solib, yaxshilab aralashtiring;
Piyoz ichini «nachinka» bilan to'ldirib, folgaga o'rang va 180 darajali pechda 30—40 daqiqa davomida pishiring;
Pishishiga 5—10 daqiqa qolganda piyoz qopqog'ini ochib, ustiga qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqni seping. Qopqog'ini yopib, pishirishda davom eting.
Yoqimli ishtaha!

loading...