NATO Iroqqa minglab harbiylar jo'natadi

0

NATO Iroqdagi harbiylari sonini 500 nafardan 4 minggacha oshirishga qaror qildi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma'lum qildi.

“Biz Iroqdagi tayyorgarlik missiyamizni mahalliy kuchlarni terrorchilikka qarshi kurashda qo'llab-quvvatlash, IShIDning qaytishi oldini olish uchun kengaytirishga qaror qildik. Missiyamiz ishtirokchilari soni 500dan 4 ming kishigacha oshiriladi”, deb aytgan NATO rahbari.

Stoltenbergning ta'kidlashicha, missiya vaziyatga qarab va Iroq hukumati hamda terrorchilikka qarshi xalqaro koalitsiya bilan kelishilgan holda sekin-asta kengaytirib boriladi.

korrespondent.net

loading...