Jizzaxda 1 mln so'm evaziga COVID-19’ga chalinganlik haqida soxta tashxis qo'yib bergan shifokorga jinoyat ishi qo'zg'atildi

0

Jizzax viloyatining G'allaorol tumani tibbiyot birlashmasi shifokori T.T. tashxis ma'lumotnomasini qalbakilashtirganligi aniqlandi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, shifokor tumanning G'o'bdin qishloq fuqarolar yig'inida yashovchi Navoiy kon-metallurgiya kombinatining janubiy kon boshqarmasiga qarashli Marjonbuloq konida ishlovchi S.T.ga hech qaerda ro'yxatga olinmagan mehnatga layoqatsizlik varaqalariga COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanishning o'rtacha og'ir kechishi tashxisi qo'yilgan soxta tibbiy hujjatni taqdim etgan.

Tashxisni qalbakilashtirish evaziga shifokor 1 million so'm «haq» olgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Avvalroq Samarqandda tibbiy komissiyadan o'tkazib berish evaziga 600 dollar pora olgan shifokor qo'lga olingani haqida xabar berilgan edi.

loading...