Video: O'zini o'zi qordan tozalashga qodir Tesla quyosh panellari

0

Tesla Solar Roof — bu sopol tomlar o'rnini egallaydigan mustahkam shisha orasiga yashirilgan ko'plab quyosh batareyalaridan iborat to'laqonli qoplama hisoblanadi. Electrek ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi vaqtlarda Amerika kompaniyalari Solar Roof’ning savdosini qariyb uch barobarga oshirgan, uning rahbari Ilon Mask esa panellarni Tesla’ning navbatdagi «xiti» deb atagan.

Savdolar, jumladan, AQShning shimoliy shtatlari hisobiga ham oshgan: u yerlarda Solar Roof’ga bo'lgan talab panellar deyarli yil davomida quyoshli kun bo'ladigan janubda samaraliroq bo'lishiga qaramay, ortmoqda. Batareyalar bulutli ob-havo sharoitida ham energiya ishlab chiqarishga qodir, biroq qorlar ularni deyarli to'liq foydasiz holatga keltiradi.

Tesla ushbu muammoga yechim topgan: Solar Roof muntazam ravishda kam miqdorda issiqlik ajratib turadi, shu sababli qor tez erib, gravitatsiya ta'sirida tomdan sirpanib ketadi. Bu Visonsindagi Tesla mijozlaridan biri tomonidan e'lon qilingan videoda yaxshi tasvirlangan: qorli bo'rondan so'ng qo'shni uylarning tomini qor bosib yotgan bir vaqtda Solar Roof tezda tozalangan.