WhatsApp foydalanuvchilarga “bosqichma-bosqich ishontirish” strategiyasini qo'llamoqchi

0

WhatsApp messenjerning yangi maxfiylik qoidalarini qabul qilishni istamaydigan foydalanuvchilariga “bosqichma-bosqich ishontirish” strategiyasini qo'llamoqchi. Bu haqda “TechCrunch” kompaniya rahbariyatining sheriklaridan biriga yuborgan xatiga asoslanib xabar bermoqda. WhatsApp xatning haqiqiyligini tasdiqladi.

Gap 15 mayga qadar yangi qoidalarni qabul qilmaydigan foydalanuvchilar haqida ketmoqda – avvalroq WhatsApp ularning akkauntlari o'chirilmasligini, ammo faoliyati qisman cheklanganligini aytgan edi. Xususan, ular xabarlarni o'qiy va yubora olmaydi, qo'ng'iroqlar va bildirishnomalar esa mavjudligicha qoladi.

WhatsApp tomonidan yanvar oyida e'lon qilingan yangi maxfiylik shartlari foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini messenjerga egalik qiluvchi Facebook’ga o'tkazishni o'z ichiga oladi.
Xabarga ko'ra, 15 maydan so'ng WhatsApp bunday yarim faol foydalanuvchilardan asta-sekin yangi shartlarni qabul qilishni so'ray boshlaydi. Ularga havolali eslatmalar paydo bo'ladi. Bunday harakatlar bir necha hafta davom etadi.

loading...