Ham uyini ham ishini birdek eplolmagan andijonlik yosh kelin eri tomonidan do'pposlab o'ldirildi

0

Andijon shahrida yashovchi To'xtasin Sobirov va Dilbar Sharipova (ism-familiyalar o'zgartirilgan)ning sha'riy nikoh asosida turmush qurganlariga xali bir yil ham to'lmagan edi. Ming afsuski, uyning yig'ishtirilmaganligi tufayli o'rtalarida kelib chiqqan janjal yosh kelinni hayotdan bevaqt olib ketdi. Bu haqda O'zA muxbiri xabar berdi.

Dilbar ishxonasida ishlar ko'payib ketgani uchun ishdan kech kaytib, ovqat tayyorlayotgan bir paytda turmush o'rtog'i ko'chadan kirib keladi. Bu paytda ular bilan birga yashaydigan xonadon kattalari uyda bo'lmagan. Ishdan nega kech kelganligi, keyin uyning saranjom-sarishta emasligi uchun o'rtada janjal boshlanadi. Dahanaki jang tilini tiymagan xotinni do'pposlashgacha borib yetadi.

Jahl kelganda, aql ketadi deganlaridek, er tomonidan kaltaklanib, hushini yo'qotgan Dilbar shifoxonaga yetib bormasdan vafot etadi.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida marhumada bosh miya yopiq jarohati, teri osti va to'qimalarga qon quyilishlar, o'tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligi, shilinma jarohatlar, umuman, hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir tan jarohatlari borligi qayd etilgan.

Jinoyat ishlari bo'yicha Marhamat tuman sudi raisi Abdurashid Isaqov raisligida ushbu holat bo'yicha sud ishi ko'rib chiqilib, sudlanuvchi, 1994 yilda tug'ilgan To'xtasin Sobirovga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi va jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o'tash belgilandi.

loading...