JSST vakili pandemiya qachon tugashi haqida: «Eng yomon ssenariy tugadi»

0

Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge Daniyaning DR telekanaliga ma'lum qilgan.

Xalqaro tashkilot vakilining so'zlariga ko'ra, 2021 yil ham koronavirus yili bo'lsa-da, ammo vaziyat bir yil avvalgiga nisbatan ancha boshqariladigan bo'ladi. «Eng yomon ssenariy tugadi. Virus yangi tarqalishni boshlagan 2020 yilga nisbatan hozir ko'proq ma'lumotga egamiz», degan Klyuge.

Shu bilan birga, Klyuge faqat o'z fikrini aytayotgani va hech kim pandemiya bilan bog'liq vaziyat atrofidagi voqealar qanday rivojlanishini bashorat qila olmasligi haqida ogohlantirgan.

“Virus saqlanib qoladi, ammo cheklovlarga ehtiyoj qolmaydi deb o'ylayman. Bu optimistik xabar”, – deya qo'shimcha qilgan JSST vakili.

loading...