«Sirdaryo HETK» AJ tomonidan viloyat hududida yanvar oyi davomida 92 ta iste'molchi elektr energiyasi tarmog'iga noqonuniy ulanib, foydalanayotganligi aniqlandi. Bu haqda «Sirdaryo HETK» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu iste'molchilar qayta xisob-kitob qilinganda, 465 ming 113 kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanganligi aniqlangan. Ularga nisbatan 185 mln 209 ming so'm miqdorida jarima qo'llandi.