QON AYLANIShI BUZILGANLIGINING 7 ALOMATI

0

Qon yaxshi aylanmasligi butun dunyo aholisi orasida keng tarqalgan muammolardan biridir.
Qonning tana bo'ylab yaxshi yurishmasligi faqat keksalikdagina emas, balki har qanday yoshda ham odamga xavf solishi mumkin.
Ekspertlarning ma'lumot berishicha, tanada qon aylanishi buzilganligini 7 xil alomat orqali bilib olish mumkin.

– Dog'lar. Teri rangining o'zgarishi yoki teri epidermis qavatining qurib ketishi qon aylanishi buzilganligining yaqqol alomatidir.

– Oyoqlardagi shishlar. Qon aylanishi buzilganda oyoqlarga kislorod bilan to'yingan qon va zarur oziq-moddalar eng oxirgi navbatda yetib keladi. Agar organizmga qon bir tekis yetib bormasa, tana ortiqcha suyuqlikni to'plab, suyuqlik balansini tiklashga harakat qiladi. Natijada unda shishlar kuzatiladi.

-Soch to'kilishi. Ko'p soch to'kilishi va tirnoqlarning zaiflashishi sifatsiz ovqatlanish va stress natijasidir. Bu holat organizmga yetarli miqdorda vitaminlar kelib tushmasligi va buning natijasida qon aylanishi buzilishi oqibatida sodir bo'ladi.

-Ovqatning sekin hazm bo'lishi. Ovqat hazmining sekinlashuvi meteorizm (qorin dam bo'lishi), me'da shirasining me'yoridan ortishi va qabziyat bilan birgalikda kechadi. Bular ham tanada qon aylanishi buzilganligi alomatlari hisoblanadi.

-Tez-tez shamollash infeksiya va viruslarga chidamsizlik. Qon aylanishi izdan chiqqanda yoki sekinlashganda immun tizimi kuchsizlanadi va bunda organizmning himoya kuchlari odatdagiday ishlay olmaydi.

– Qo'l va oyoqlar sovuq bo'lishi. Bu juda keng tarqalgan alomatdir. Qon aylanishi tezligi yaxshi bo'lsa, tana harorati ham me'yoriy darajada bo'ladi. Agar qon aylanishi sekinlashsa, ichki harorat ham pasayadi.

-Surunkali charchoq va organizmning o'ta holdan toyishi. Qon aylanishi izdan chiqqanda turli muammolar bilan birga surunkali charchoq ham kuzatiladi.

-Qon aylanishining buzilishi nimalarga olib keladi?
Qon aylanishining izdan chiqishi infarkt, tromblar, venalarning varikoz kengayishi va insult kabi jiddiy kasalliklarga zamin yaratishi mumkin.

-Kasallikka chalinmay desangiz…
Buning oldini olish uchun sog'lom turmush tarziga amal qilish va zararli odatlardan iloji boricha tezroq voz kechish talab etiladi.

loading...