«Titanik»dagi Roza o'ldimi?

0

«Titanik» yulduzi Keyt Uinslet  «Avatar 2» filmining suratga olish jarayonidagi tafsilotlar bilan bo'lishdi.

 

Suv ostida bo'lishni juda ham g'aroyib deb atagan aktrisa, bu vaqtda kishi hech narsa haqida o'ylamasdan, shunchaki ro'parasidagi pufaklarni tomosha qilish mumkinligi haqida aytib o'tgan. «Suv yuzasiga chiqqanda birinchi bo'lib men tirikmanmi, deb so'raganman. 7 daqiqa suv ostida bo'lganimdan keyin o'lganman, deb o'ylaganman».

Keyt, Jeyms Kemeronning blokbasterida Ronal rolini ijro qilish uchun fridayving (suv ostida nafas olmay turish) bilan maxsus shug'ullangan. Bu borada unga turmush o'rtog'i Ned Roknroll yordam bergan.

«Bu juda ham ajoyib bo'lgan, men o'zim bilan faxrlanganman. Ehtimol, hech qachon qayta buning uddasidan chiqa olmayman. Natijaga to'rt hafta davomida zo'r berib ishlagandan keyin erishganman. Biroq menga bu juda ham yoqqan», — degan Keyt.

Avvalroq aktrisa suratga olish jarayonida suv ostida uzoq turish bo'yicha Tom Kruz o'rnatgan rekordni yangilaganini bilmagani haqida aytib o'tgan. Aktyor «Uddalab bo'lmas topshiriq 5» filmining suratga olish jarayonida 6 daqiqani suv ostida o'tkazgan.

loading...