Hayotdan bir ibrat…

0

Qadimda podshohlardan biri duradgorni o'limga hukm qildi. Xabar yetib borgach, uni xotiri parishon bo'lib, uyqusi qochdi. Ayoli aytdi: «Ey zavjim, uxlang, Robb bitta, yo'l esa ko'p. Bu so'z uning qalbiga xotirjamlik soldi. Keyin uxlab qoldi. Ertalab eshik taqqilladi. Duradgor ayoliga mahzun qarab qo'ydi. Qattiq xo'rsinib, qaltirab eshikni ochdi.Eshik oldida ikki soqchi ma'yus turardi.
-Tez bo'l! Podshoh olamdan o'tdi. Unga tobut yasashing kerak.
Duradgor tabassum qilib ayoliga qaradi. Ayoli esa:
– Men nima degandim. Robb Yagona, yo'l ko'p, deya kecha aytgan so'zini yana takrorladi.

Ibrat va xulosa

Banda taxmin qiladi, Alloh tadbir qiladi. Shikoyatlaringizni Uning O'zigagina havola eting!

loading...