Oshirma xamirdan qiyma va kartoshkali pirog tayyorlaymiz

0

To'yimli va mazali pirog reseptini e'tiboringizga havola etamiz.

Kerakli mahsulotlar:

Sut — 350 ml
Xamirturush — 10 gr
Shakar — 1 osh qoshiq
Un — 550-650 gr
Tuz — 1 choy qoshiq
O'simlik yog'i — 100 ml
Tuxum —1 dona
Kartoshka — 600 gr
Qiyma — 600 gr
Piyoz — 1-2 dona
Sariyog' — 1 osh qoshiq
Murch
Tayyorlanish jarayoni:

100 gr iliq sutga xamirturush, shakar va biroz un qo'shib aralashtiring, 15 daqiqaga qoldiring.
Aralashmaga tuz, o'simlik yog'i, tuxum, sutning qolganini qo'shing.
Un qo'shib, xamir qoring va 1 soat tindiring.
To'g'ralgan kartoshka va piyozga qiymani soling.
Tuz, murch solib aralashtiring.
Xamirni uchdan ikki qismini yoyib, ustiga nachinka soling.
Qolgan xamirni ham yoying, nachinka ustini yoping va chetlarini birlashtirib chiqing.
180 daraja qizigan olovda 50-60 daqiqa davomida pishirib oling.
Pishganidan keyin ustiga sariyog' surting.
Sochiq yopib, 20 daqiqaga qoldiring.
Yoqimli ishtaha!

loading...