Toqayev Qozog'istondagi qishloq xo'jaligi yerlariga xorijliklarning egalik qilishlarini taqiqladi.

0

Qozog'iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning ma'lum qilishicha, endilikda mamlakatdagi qishloq xo'jaligi yerlariga xorijliklarning egalik qilishi yoki yerlarni ularga ijaraga berish butunlay taqiqlanadi. Qozog'istonda bir paytlar aynan xorijliklarga yerni berish haqidagi qaror bois hukumatga qarshi norozilik namoyishlari yuz bergandi.To'qayev ushbu qarori bilan mazkur kelishmovchiliklarga nuqta qo'ydi.

 

Xitoy va Rossiyaning o'rtasida joylashgan Qozog'iston sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ichida don, yog' olinadigan ekinlar va go'sht ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Bundan besh yil oldin qozoq hukumati xorijliklarga o'zining qishloq xo'jaligi bozoriga yo'l ochib, ushbu sohaga tashqi investitsiyalarni jalb qilishga qaror qilgandi.

 

Ammo, hukumatning ushbu qaroriga xalq jiddiy qarshilik bildirib, namoyishlar uyushtirdi. Qozoqlar ushbu qaror amalga oshsa, qo'shni Xitoy oxir-oqibat mamlakatdagi barcha yaylovlar va ekinzorlarni egallab olishidan xavotirga tushayotganini ma'lum qildi. Shundan keyin Qozog'iston rasmiylari ushbu qarorni amalga oshirishni keyinga qoldirishdi.

 

Payshanba kuni prezident Toqayev mamlakatdagi yerlarga chet el fuqarolarining egalik qilishib orasidagi taqiq o'z kuchida qolishini aytdi.

 

“Yerga egalik qilish masalasi xalqimiz uchun har doim juda muhim bo'lib kelgan. Bu davlatchiligimizning tamaltoshi va muqaddas ramzidir. Men chet ellik shaxslarga va xorijiy yuridik shaxslarga qishloq xo'jaligi yerlarini sotish va ijaraga berishni taqiqlashni buyuraman. Bunga mamlakatdagi chet el aksiyadorlari bo'lgan yuridik shaxslar ham kiradi ”dedi Toqayev maslahat kengashi bilan uchrashuvda.

 

Xitoy Qozog'istonning asosiy savdo sherigi, qarz beruvchisi va sarmoyadori hisoblanadi. Ammo, Xitoyning Qozog'istonga Shuningdek, Xitoyning “antiradikalizm” dasturi ostida Sharqiy Turkiston viloyatidagi etnik qozoqlarga qarshi qilayotgan zulmi haqidagi xabarlar ham qozoqlarning Xitoyga bo'lgan munosabati yomonlashishiga olib kelmoqda.

loading...