O'ZBEKISTONDA KORONAVIRUS YuQTIRGANLIK, TUZALGANLIK VA O'LIM KO'RSATKIChI… (JADVAL)

0

2021 yil 24 fevral holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79773 (+24) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

1 nafari Andijon viloyatida,

1 nafari Samarqand viloyatida,

6 nafari Toshkent viloyatida,

16 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Jizzax viloyatida 1 nafar,

Toshkent viloyatida 8 nafar,

Toshkent shahrida 29 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog'ayganlar jami 78290 (+38) nafarga yetdi va sog'ayish ko'rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 861 nafar bemordan 153 nafari og'ir, 28 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

loading...