Bir urinishda 7 ta oliygoh talabasi bo'libdi, qoyil

0

Namangan viloyati Chust tumanidagi 49-IDUM o'quvchisi Doniyor Shukurjonov birdaniga 7 ta xorijiy oliygoh talabaligini qo'lga kiritdi.

U Saint Xavier University, University of Maine, New England College, Mitchell College, American International College, Millikin University, Webster University oliygohlari talabasi bo'ldi.

Shu bilan birga «MUN» global muammolar to'g'risidagi onlayn konfrensiyasida o'z taqdimoti bilan ishtirok etib, kontrakt to'lovi uchun 1000 yevro sohibi bo'ldi.

Hozirda Doniyor «Flex»- Language Exchange Programning final bosqchi natijalarini kutmoqda. Unga kelgusi o'qishlarida muvaffaqiyat yor bo'lishini tilaymiz.

 

loading...