Moskva AQShning Suriyaga bergan zarbasini qoraladi

0

Moskva Vashingtonning Suriyadagi ob'yektga qarshi aviazarbasini qoralaydi va AQShni Suriya suverenitetini hurmat qilishga chaqiradi. Rossiya TIV shunday bayonot berdi.

Ma'lumot uchun, 26 fevral kuni AQShning Suriyaga bergan aviazarbasi natijasida kamida 17 kishi halok bo'ldi. Gap Eroniyparast qurolli tuzilmalarning jangarilari haqida ketmoqda. AQSh zarbalar uchun F-15 qiruvchisidan foydalangan.

Pentagon Amerika harbiylarining Suriya hududiga bergan zarbasini tasdiqladi. Hujumga buyruq AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan berilgan. AQSh harbiylarining maqsadi Eron tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan militsiyaning infratuzilmasi edi. Departamentning ta'kidlashicha, zarbalar so'nggi paytlarda Iroqdagi AQSh va koalitsiya vakillariga qarshi hujumlarga javoban qilingan.

loading...