Si Szinpin Xitoyda qashshoqlik ustidan «to'liq g'alaba qozonganligi» haqida e'lon qildi

0

Xitoy rahbari Si Szinpin mamlakatda qashshoqlikka qarshi kurashda «to'liq g'alaba qozonganligi» haqida e'lon qildi, deb xabar berdi «Sinxua» yangiliklar agentligi.

Davlat rahbarining so'zlariga ko'ra, dunyodagi aholi eng zich joylashgan mamlakatda qashshoqlik butkul yo'q qilingan. So'nggi sakkiz yil ichida qashshoqlik darajasida yashovchi 98,99 million qishloq aholisi qashshoqlikdan qutulganligi ma'lum qilinmoqda.

«Barcha 832 ta qashshoq okruglar va 128 000 ta kambag'al qishloqlar qashshoqlik ro'yxatidan chiqarildi», deyiladi xabarda.

Si Szinpin buni «tarixga kiradigan» “mo''jiza»deb atadi.

loading...