Toshkentda 16 yoshli yigitning qo'li dastgohda qolib ketdi

0

Toshkent shahri. 2021 yilning 15 yanvar kuni soat taxminan 22:00 da Olmazor tumani Usta Shirin ko'chasida joylashgan qandolat ishlab chiqarish sexida yollanma ishchi bo'lib ishlovchi voyaga etmagan 16 yoshli Baxtishod D.,ga o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan vaqtida qandolat mahsulotlarini bo'laklarga bo'lish uchun mo'ljallangan dastgohga qo'li kirib ketishi natijasida “o'rtacha og'ir” tan jarohati olgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu qandolat ishlab chiqarish sexida ish beruvchi 55 yoshli  Xayrulla  R.,  voyaga  yetmagan Baxtishod D. bilan mehnatni muhofaza qilish bo'yicha yo'riqnoma o'tkazmaganligi hamda bilim saviyasini tekshirish ishlarini tashkil etmaganligi, texnik xavfsizlik qoidalarini tushuntirmaganligi  aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'linmasi  surishtiruvchisi  Sh.Z.Sa'dullayev  tomonidan  Xayrulla R.,ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 1-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda

loading...