O'ZBEKISTONDA KORONAVIRUS YuQTIRGANLIK, TUZALGANLIK VA O'LIM KO'RSATKIChI… (JADVAL)

0

2021 yil 25 fevral holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79804 (+31) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

2 nafari Samarqand viloyatida,

1 nafari Xorazm viloyatida,

6 nafari Toshkent viloyatida,

22 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,

Namangan viloyatida 3 nafar,

Toshkent viloyatida 8 nafar,

Toshkent shahrida 31 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog'ayganlar jami 78333 (+43) nafarga yetdi va sog'ayish ko'rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 849 nafar bemordan 153 nafari og'ir, 28 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

loading...