O'zbeklar palto o'g'irligida ayblanmoqda

0

Peterburgda ikki nafar o'zbekistonlik savdo markazidan taxminan $1000 dollar qiymatidagi ayollar kiyimini o'g'irlashda gumonlanib, qo'lga olingan.
«6 fevral kuni noma'lum shaxslar Zanevskiy prospektidagi savdo markazidan uch dona ayollarning tabiiy yungli paltosini o'g'irlab, voqea joyidan qochishgan. Zarar miqdori 60 ming rubldan kam miqdorni tashkil etadi. Hodisa yuzasidan RF JKning 161-moddasiga ko'ra jinoiy ish qo'zg'atilgan», xabar berdi IIV Leningrad viloyati matbuot xizmati rasmiy sayti.
O'g'rilarning kunduz kuni do'kondan ayollar kiyimini olib qochgan voqeasi savdo markazidagi videokuzatuvlarda qayd etilgan.
Tergov-surishtiruv ishlarida 20 yoshli bu ikki shaxs Rossiyaga ishlashga kelgan O'zbekiston fuqarolari bo'lib chiqqanligini yozgan IIV matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, o'zbekistonliklar Rossiyada nolegal maqomda bo'lishgan.

loading...