Armaniston prezidenti bosh shtab boshlig'ini lavozimidan ozod qilish to'g'risidagi farmonni imzolamadi

0

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan bosh vazir Nikol Pashinyanning qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig'i Onik Gasparyanni lavozimidan ozod qilish to'g'risidagi taklifini imzolamaslikka qaror qildi.

«Prezident o'z konstitutsion vakolatlari doirasida farmon loyihasini qaytardi. Prezident bir maqsadni – mamlakatni konstitutsion tuzum va xavfsizlikka qarshi tahdiddan himoya qilish, mamlakat barqarorligini, qurolli kuchlarning me'yorida faoliyat ko'rsatishini maqsad qilgan», – deyiladi Armaniston prezidenti apparati matbuot xizmati xabarida.

Sarkisyan hech qaysi siyosiy kuchni qo'llab-quvvatlamasligini, bosh shtab boshlig'ini ishdan bo'shatish to'g'risidagi farmon esa konstitutsiyaga zid ekanligini bildirgan.

Avvalroq Armaniston qurolli kuchlari bosh shtabi Nikol Pashinyanning iste'fosini talab qilib  chiqqandi. Pashinyan bunga javoban, davlat to'ntarishiga urini bo'lganligini aytgan va bosh shtab boshlig'i Onik Gasparyanni lavozimidan bo'shatishni so'rab mamlakat prezidentiga taqdimnoma kiritgandi.

U shuningdek, agarda prezident Gasparyanning lavozimidan bo'shatilishi to'g'risidagi farmonni imzolamasa, uni ham davlat to'ntarishiga qo'shilgan deb hisoblashi to'g'risida ogohlantirgandi.

tass.ru

loading...