Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qonunbuzilish holati bo'yicha Toshkent shahar IIBB ma'lumot berdi

0

Voyaga yetmagan shaxs bilan qo'pol muomalada bo'lganligi aks etgan videotasvir bo'yicha rasmiy ma'lumot berildi. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tekshiruv davomida videoda aks etgan fuqarolarning shaxsi aniqlandi.

35 yoshli Shaxlo E. va 45 yoshli Zayniddin E. ajrashish yoqasidagi oila. Shaxlo E. muqaddam xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlarga murojaat qilgan va unga himoya orderi berilgan. Shuningdek, er-xotin o'zaro janjali jarayonida 9 yoshli voyaga yetmagan farzandidan foydalanayotganligi aniqlangan. Video o'tgan yili suratga olingan bir nechta videotasvirlardan montaj qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bola tahsil oladigan maktab o'qituvchilari bilan o'tkazilgan suhbat jarayonida, so'nggi vaqtlarda bola xulqidagi o'zgarishlar ularni tashvishga solayotganligini ma'lum qilishgan.

Bolaning ota-onasi bilan suhbat o'tkazildi. Bolaning o'zi bilan psixologlar ishlamoqda.

loading...