​​Kartoshka nafas yo'llaridagi kasalliklarni davolaydi

0

KARTOShKA JAROHATNI IZSIZ DAVOLAYDI

Darhaqiqat, kartoshka allergiya tufayli paydo bo'lgan dog'larni, kuyishdan qolgan jarohatni, bitishi qiyinlashgan yaralarni va yorilgan tomirlarni davolashda eng yaxshi darmondori. Buning uchun uni parrak-parrak qilib kesib, yara ustiga bosishingiz yoki qirg'ichdan o'tkazib, bo'tqa holatida jarohatga qo'yishingiz lozim.

KARTOShKADAN KOSMETOLOGIYaDA…

Kartoshkani qirg'ichdan o'tkazib, undan yuzingizga niqob tortsangiz, yuzingiz terisi tozalanadi va charchoq izlari yo'qoladi.

Qaynatib pishirilgan kartoshkani ezib, ozroq tuxum sarig'i va issiqqina sut bilan yaxshilab aralashtiring. Toki, undan juda quyuq holatdagi surtma hosil bo'lsin. Ana shundan keyingina uni issiq holatda yuzingizga surting va niqob ustidan issiqqina sharf bilan yopib qo'ying. Iloji bo'lsa, sherst mato bo'lsa, yanayam yaxshiroq. Niqobni ana shunday holatda 20 daqiqa ushlagach, uni olib tashlab, avval issiq suv, keyin esa sovuq suv bilan chayib tashlang.

Kartoshka niqob yuzga nafaqat uni tozalash uchun, balki terini to'yintirish va ajinlardan xalos etish uchun qo'llaniladi. Quruq yuzni yumshatadi, silliq va tarang bo'lishiga yordam beradi. Ayniqsa, 40 yoshdan keyin yuzni parvarishlashda yangi kartoshkani po'chog'i bilan qaynatib, pyure holatda ozroq smetana yoki qaymoq aralashtirib, surting va 20 daqiqadan so'ng chayib tashlang. U yuzingizni anchagina yoshartiradi.

loading...