«MISR-ISROIL» hamkorligidagi tabiiy gaz koni Rossiya eksporti uchun raqobatdoshga aylandi.

0

Isroil va Misr Yevropa Ittifoqiga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishni tashkil qilish uchun ikki mamlakat dengiz konlaridan gaz quvurini qurish loyihasini kelishib oldilar.

Germaniya davlat agentligining ta'kidlashiga qaraganda, Yevropaga gaz eksportini ko'paytirish, Rossiyaning «Gazprom» va «NOVATEK» kompaniyalari eksportining kamayishiga olib keladi.

Rossiyalik mutaxassislar yangi loyihada Kipr va Gretsiya orqali Yevropaga alohida gaz quvuri qurish uchun Isroil shelfining resurs bazasi yetarli emasligini tan olishdi.
Misr va Isroil yangi gaz quvuri qurishga kelishib oldilar.

O'tgan yakshanba kuni Quddusda Isroil energetika vaziri Yuval Shtaynis hamda Misrning neft va minerallar vaziri Tariq al-Mulla o'rtasidagi uchrashuvda Misr va Isroil yangi gaz quvuri qurishga kelishib oldilar. Bu haqida Germaniyaning DW ommaviy axborot kompaniyasi xabar bergan.

Loyiha haqida batafsil

Loyiha O'rta yer dengizi «Leviafan» konidan Misrning suyultirish zavodlariga gaz yetkazib berilishini nazarda tutadi. Isroil qirg'og'idagi Leviafan konining gaz zaxiralari 535 milliard kubometrga baholanmoqda.

2020 yil yanvarida Isroil Levifanda ishlab chiqarilgan gazni Misrga Isroil Ashkelon va Misr El-Arish o'rtasidagi EMG quvuri orqali eksport qilishni boshladi. «Isroil-Misr» ning tabiiy gaz eksporti Rossiyaning «Gazprom» eksporti bilan raqobatlasha oladi

Yangi «Isroil-Misr» loyihasi Yevropa gaz bozorida sezilarli o'zgarishlarga olib kelishi mumkin, shuningdek, Yevropa Ittifoqining janubi-sharqiy chegaralari yaqinida gaz sanoati uchun yangi markazning shakllanishiga ta'sir qilishi mumkin, deb taxmin qilishmoqda nemis kuzatuvchilari. «Isroil-Misr» loyihasi to'g'risidagi yangiliklar Kipr orqali Gretsiyaga suv osti gaz quvuri qurish istiqbollarini qisqartiradi, bu esa «Gazprom» loyihalari bilan aniq raqobatlashadi. «EastMed» quvuri gazni Isroilning «Leviafan» va «Tamar» konlaridan va Kiprning «Afrodita»si dan – Kipr orqali Gretsiyaga, so'ngra Italiyaga yetkazib berishga imkon beradi deb taxmin qilingan.

Evropa Ittifoqi Rossiya chetlab o'tib, bu yangi loyihani qo'llab-quvvatlamoqchi

Evropa Ittifoqi 2021-2022 yillarda Rossiyani chetlab o'tib gaz olish uchun Janubiy gaz yo'lagining ushbu yangi elementini moliyaviy qo'llab-quvvatlashni maqsadga muvofiqligi to'g'risida yakuniy qaror qabul qilishni rejalashtirgan. «EastMed» qurilishi «Gazprom»ning Gretsiya, Bolgariya va Italiya bozorlaridagi mavqeini yanada susaytirishi mumkin edi, chunki 2021 yilda boshlangan «Trans-Adriatik gaz quvuri» orqali Ozarbayjon gazining tijorat ta'minotidan keyin raqobat kuchaygan.

Sharqiy O'rta dengizdagi eng muhim gaz konlari va quvurlari.

Berlinning Fan va Siyosat Jamg'armasi (SWP) tadqiqotchisi Stefan Volfrumning so'zlariga ko'ra, Isroil «EastMed» g'oyasidan umid qilmoqda. «Isroil ulkan «EastMed» loyihasi amalga oshishini yana 5-10 yil kutishni istamaydi, chunki gap dunyodagi eng uzun suv osti gaz quvuri haqida ketmoqda», – deydi DW so'zlarini keltirgan Stefan.

Ekspertning so'zlariga ko'ra, Isroil gaz qazib olishni yanada rivojlantirish uchun eksportdan tushadigan daromadni tezroq olishga intilmoqda.

Isroil gazining nisbatan kam miqdordagi ta'minoti ham Yevropa va Turkiya bozorlarida «Gazprom» va «NOVATEK» uchun qo'shimcha raqobatni keltirib chiqaradi.

«Gazprom uchun gaz quvuri etkazib berish varianti xavfli edi, Misrning tabiiy gaz koni Rossiyaning «NOVATEEK» kompaniyasiga ham ta'sir qiladi, chunki tabiiy gazining 80% Yevropaga yuborilmoqda. Tabiiy suyiltirilgan gaz endi narxlar oshgan bozorlarga boradi », – deya tushuntiradi Yushkov.

Ekspertning fikriga ko'ra, kelajakda Isroil gazi Misrning tabiiy gaz zavodlari uchun asosiy manbaga aylanishi mumkinligi istisno qilinmaydi. Nisbatan yaqinda Misrda ishlab chiqarish kamayib borayotganini va eksport qiluvchi mamlakat gazning importchisiga aylanganini ta‘kidlab, – «Endi Misr ishlab chiqarishni ko'paytirishga muvaffaq bo'ldi. Ammo vaziyat takrorlanmasligiga hech kim kafolat bermaydi» –deydi.

Ustunlik Rossiya Ozarboyjon va Jazoirda qoladi, qachonki…

«Gaz bozorida raqobat kuchaymoqda, shu jumladan, yaqinda ishlab chiqarish boshlangan Sharqiy O'rta yer dengizi konlaridan yetkazib berilishi mumkin. Qo'shimcha gazning kirib kelishi allaqachon faoliyat ko'rsatayotgan yetkazib beruvchilar, jumladan, Gazprom uchun narxlarni pasayishiga olib keladi. Ammo Misr, Isroil va Kiprdan tabiiy gaz shaklida yetkazib berish imkoniyati quvurlarni yetkazib berishdan ko'ra qimmatroq bo'ladi, shuning uchun ularni iqtisodiy asoslash qiyin bo'ladi », – dedi Milliy energiya xavfsizligi jamg'armasining yetakchi mutaxassisi, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti o'qituvchisi, Stanislav Mitraxovich.

Biroq, uning so'zlariga ko'ra, Yevropadagi ba'zi xaridorlar diversifikatsiya uchun to'lashga tayyor bo'lishi mumkin. Bunday holda, narx ustunligi gaz yetkazib beruvchilar – Rossiya, Ozarbayjon va Jazoirda qoladi. «EastMed qurilishi ushbu mintaqada Kipr va Gretsiyaning Turkiya bilan qarama-qarshiligi sababli geosiyosiy va to'g'ridan-to'g'ri harbiy xatarlar bilan bog'liq, tabiiy gaz harbiy va siyosiy xatarlarni chetlab o'tish nuqtai nazaridan ancha qulaydir»- dedi Mitraxovich.

loading...