Turkiyada 1 martdan koronavirusga qarshi kurashish choralari yana kuchaytiriladi

0

Sal avval Turkiyada koronavirusga nisbatan cheklov choralari mart oyidan boshlab, epidemiologik vaziyatga qarab, bosqichma-bosqich yumshatilishi haqida xabar bergan edik. Ammo, mamlakatning ba'zi viloyatlarda kasallanganlar soninig ortganini inobatga olib, qat'iy choralar va cheklovlar yana kuchaytirilganini Turkiya hukumati ma'lum qildi. Mamlakat hududida joriy yilning 1 martidan e'tiboran,bosqichma bosqich koronavirus kasalligiga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida joriy etilgan karantin choralarini qisqartirish haqada xabarlar tarqaldi.

 

Muğla/Bodrum viloyatida kasallanish holati ortgani tufayli dengiz sohillari va dam olish oromgohlarida sayir qilish vaktincha cheklandi.

 

Karabuk viloyatida ham talablar kuchaytirildi. Jumladan, kinoteatrlar faoliyatiga qo'yilgan cheklovlar 1 aprelga qadar uzaytirildi.

 

Bunday cheklovlarni Sakarya viloyatida ham ko'rish mumkin. Yangi oydan boshlab mazkur viloyatda xattoki, sovchilikka borish, nikohni ro'yxatdan o'tkazish ishlari 15 kunga to'xtatilgan. Kinoteatrlar, sport saroylari faoliyati 1 aprelgacha yopilgan.

 

Osmoniya viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni ortgani bois, kasallikka chalingan shaxslar 7 kun davomida o'z uyida karantinga olinishi ko'zda tutilgan.

 

Bunday cheklovlar mamlakatning Rize viloyatida ham joriy etilgan bo'lib, dafn marosimlariga 30 kishidan ortiq insonlarning kelishi takiklandi. Savdo do'konlari, jamoat transporti,sartaroshxonalar, ularga tashrif buyuradigan mijozlarning HES ( Hayot uyga sig'ar) kodlari doimiy  nazoratga olinadi. Boshqa ish joylarida qat'iy sanitariya talablariga amal qilish, guruh bo'lib ovqatlanish, choyxo'rlik qilish,zarurat bo'lmaganda qarindoshlarning bordi-keldilarini cheklash uqtirib o'tilgan.

 

Bunday cheklovlar Tokat viloyatida ham tadbiq etilmoqda.Ushbu viloyatda ham koronavirusga chalinganlar sonining ortgani kuzatilmoqda. Shuning uchun nikoh va to'y marosimlarini ro'yxatdan o'tkazish 10 kunga to'xtatildi. Sport saroylari va xayvon bozorlari faoliyati ham vaqtincha yopilgan.

 

Edirna viloyatida esa vaqtincha ziyoratlar, harbiy xizmatga yuborish va kutub olish marosimlarini o'tkazishga cheklovlar qo'yilgan.

 

Vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan viloyatlardan yana biri Balıkesirdir. Viloyat aholisiga karindoshlar ziyoratini vaqtincha cheklash, guruh bo'lib gazetxonlik qilmaslik, ko'cha kuyda ovqatlanmaslik talabi qo'yildi.

 

Xuddi shu kabi qat'iy talablar joriy etilgan hududlar orasida Ordu viloyati ham bor.

 

Bundan tashqari Turkiya hukumati tomonidan 23 fevraldan boshlab Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Daniya va Braziliyadan keladigan barcha aviareyslar noma'lum muddatga to'xtatilgan. Ammo Turkiyadan yuqorida qayd etilgan davlatlarga aviayo'lovchi tashishiga, shuningdek, uchunchi davlatga uchadigan yo'lovchilarni manziliga etkazishiga ruxsat berilgan.

 

Shuningdek, 10 kun mobaynida Daniya va Buyuk Britaniyada bo'lib qaytgan shaxslar Turkiya Respublikasi hududidagi yashash manzillariga  karantinga yuboriladi. O'ninchi kuni takroriy test sinovlari o'tkaziladi, natijaga ko'ra choralar belgilanadi.

 

Gumanitar va barcha turdagi yuk tashuvchi aviareyslar mamlakatda joriy etiladigan cheklovlardan ozod qilingan.

loading...