O'zini “boyvachcha” ko'rsatgan mijoz qamoqqa olindi

0

2021 yilning 24 yanvar kuni 22 yoshli Xusniddin Q., firibgarlik yo'li bilan o'zganing mulkini qo'lga kiritish maqsadida, Oltiariq tumani Uzumchi MFY.,da yashovchi 27 yoshli A'zamjon A., dan 9.900 kg sement mahsulotlarini qimmatroq narxda sotib olishini aytgan. Shu yo'l orqali uning ishonchiga kirib jami narxi 9.000.000 so'mlik 9.900 kg. sement mahsulotlarini aldov yo'li bilan qo'lga kiritib, bergan va'dasini bajarmagan.  Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Xusniddin Q., A'zamjon A., ni qurilish mollari oldi-sotdisi bilan shug'ullanishidan xabar topib, “Telegram” messenjeri orqali xaridor sifatida, ushbu sement mahsulotlarini u aytgan savdo do'koniga yetkazib berishini so'rab qo'lga kiritgach o'zga shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Xusniddin Q.,ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «B» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo'lmagan insonlarga o'z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to'riga tushmaslik o'z qo'lingizda.

loading...