Gaiti qamoqxonasidan 400 dan ortiq mahbus qochib ketdi

0

Gaiti poytaxti Port-o-Prens shahri qamoqxonasidan 400 dan ortiq mahbus qochib ketdi. Qochish oqibatida 25 kishi, xususan, qamoqxona direktori ham vafot etdi. Bu haqda «Interfaks»xabar berdi.

Qurbonlar orasida qochish payti qamoqxona yaqinida bo'lgan o'tkinchilar ham bor. Ular jinoyatchilar tomonidan o'ldirilgan.

Qochqinlar orasida mashhur to'daboshi Arnel Jozef ham bor edi, u qochishdan bir necha soat o'tgach politsiya tomonidan otib tashlandi.

Ta'kidlanishicha, vaziyat hali to'liq o'rganilmadi. Guvohlar o'q ovozlarini eshitgan, keyin ko'chada mahbuslar paydo bo'la boshlagan. Qamoqxona yaqinida joylashgan kiyim do'koni egalarining aytishicha, ular bosqinchi mahbuslarga mahsulotlarning bir qismini berishga majbur bo'lgan.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, «Krua-de-Buke» qamoqxonasi 872 nafar mahbusni sig'dira oladi. Lekin Gaiti hukumati qochishgacha bo'lgan vaqt qamoqxonada 1500 mahbus saqlanganini aytgan.

Gaitida qamoqdan qochish holatlari avval ham kuzatilgan, 2019 yil mamlakatning janubidagi «Akvin» qamoqxonasidan 78 mahbus, 2017 yil Port-o-Prensdagi «Arkae» qamoqxonasidan 170 nafar mahbus qochib ketgan.

loading...