Samarqanddan Toshkentga olib kirilayotgan 270 kg sifatsiz go'sht ushlab qolindi

0

Joriy yilning 26 fevraldan 27 fevralga o'tar kechasi Samarqand viloyati IIB PPXvaJTSB Karantin tadbirlarini ta'minlash bo'linmasi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o'tkazilgan.

Viloyat hududida xizmat olib borayotgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida soat 22:00da, “Samarqand-Toshkent” yo'nalishida harakatlanib kelayotgan Samarqand shahar, G'.Jamshid ko'chasida yashovchi 1991 y.t. fuqaro O'.O boshqaruvida bo'lgan “Lasetti”ning salon va yukxonasida veterinariya-sanitariya talablariga rioya etilmasdan hech qanday hujjatlarsiz taxminan 270 kg. go'sht mahsulotlari  borligi aniqlangan.

Mazkur go'sht mahsuloti iste'molga yaroqliligini tekshirish maqsadida viloyat veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyasiga namunalar olinib, vaqtinchalik saqlash uchun “Samarqand sifat go'sht” MChJga qarashli muzxonasiga joylashtirilgan.

Hozirgi kunda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

loading...